Namangan shahridagi “Do‘stlik” tennis kortlarida o‘smirlar o‘rtasidagi Namangan ITF Juniors tennis turniri davom etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
Ushbu turnirida ikkinchi raqam ostida tasniflangan o‘zbekistonlik Sharobiddin Abzalov ilk davrada britaniyalik Luis Nyumanni 6:0, 6:0 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Abzalovdan tashqari ushbu musobaqada ishtirok etgan barcha o‘zbekistonlik tennischilar birinchi bosqichning o‘zida mag‘lubiyatga uchradi. Jumladan, Azamat Luqmonov britaniyalik Jeyms Devisga 0:6, 2:6, Sergey Fomin hindistonlik Adil Kalyanpurga 6:7, 6:7, Amal Sultanbekov britaniyalik Jek Molloyga 2:6, 4:6, Azizxon Turg‘unov rossiyalik Dmitriy Morozovga 1:6, 6:4, 5:7, Danis Baybekov esa Janubiy koreyalik Yong Seok Jeongga 2:6, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Sharobiddin Abzalov Namangan ITF Juniors tennis turnirining ikkinchi davrasida suriyalik Nazim Naoga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)