“PSJ” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich “Trua”ga qarshi (9:0) Fransiya chempionati 30-turidan so‘ng parijliklar safini tark etishi haqida aytib o‘tdi. Bu haqda “Sports.uz” xabar bermoqda.
“Eyfel minorasi o‘rniga mening haykalim qo‘yilsa, Parijni tark etmayman. Bunga va’da beraman. Ayni damda esa, kelasi mavsumda ‘PSJ’ sharafini himoya qilmasligimni ayta olaman”, – deydi shvetsiyalik futbolchi.
Qayd etish joiz, Zlatan Ibragimovichning “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsumning yakuniga qadar mo‘ljallangan. Ushbu mavsumda shvetsiyalik futbolchi Fransiya chempionatining 24 o‘yinida maydonga tushib, 27 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13-mart oqshomida “PSJ” klubi safarda “Trua” jamoasini 9:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chempionat yakunlanishiga 8 tur qolganida Fransiya chempioniga aylandi.
Izoh (0)