Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal o‘z rejasi ish berayotganini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “Uff.uz” xabar qilmoqda.
“Mening rejam ish bermoqda, deb o‘ylayman. Garchi biz og‘ir vaziyatda qolgan va har doim ham yaxshi natijaga erishmayotgan bo‘lsak-da, mening rejam ishlayapti. Biz chempion bo‘lish darajasida yaxshi o‘ynamayapmiz, ammo hali Yevropa Ligasi yoki Angliya Kubogida g‘olib chiqishimiz mumkin. Yana ko‘p narsalar borki, ular uchun ham kurashsa bo‘ladi. ‘Liverpul’ga qarshi yetarli darajada yaxshi o‘ynay olmaganimizni tan olaman, ammo biz butun mavsum davomida bunday o‘ynaganimiz yo‘q. Biz yaxshi o‘tkazgan o‘yinlar ham bo‘ldi”, – deydi van Gal.
“‘Midtyulland’ga qarshi kechgan dastlabki bahsdan so‘ng matbuot meni iste’foga chiqarishga ulgurgan edi. Lekin biz javob o‘yinida raqibni yenggan edik. Balki ‘Liverpul’ga qarshi kechadigan javob o‘yinida ham shunday bo‘lar, – deya fikriga yakun yasadi gollandiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” Yevropa Ligasi chorak final dastlabki o‘yinida safarda “Liverpul” mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Izoh (0)