Texas shtatidan senator Ted Kruz AQSh Respublikachilar partiyasining Alyaska shtatidagi kokusida g‘alabaga erishdi. Bu haqda The Washington Post nashriga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ovozlarning 97 foizi hisoblab chiqilganda Kruzni saylovchilarning 36,4 foizi qo‘llab-quvvatlagani ma’lum bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni 33,5 foiz ovoz to‘plagan Donald Tramp egalladi. O‘rtadagi farqqa qaramay, ikkala nomzod uchun ham partiya syezdida 11 nafardan delegat ovoz beradigan bo‘ldi. Florida shtatidan senator Marko Rubio kokus ishtirokchilarining 15,1 foiz ovozini yiqqan.
Bo‘lib o‘tgan “superseshanba” yakunlari bo‘yicha Donald Tramp Respublikachilar o‘rtasida saylovoldi poygasida bosh bo‘lib turibdi. Demokratlar safida esa sobiq Davlat kotibi Hillari Klinton yetakchilik qilmoqda.
Izoh (0)