“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Markus Reshford bir necha kunlardan buyon ingliz nashrlarning birinchi sahifasidan joy olmoqda. Dushanba kuni esa u hech narsa bo‘lmagandek yana maktabga qaytdi, deb xabar beradi “ManUtd.ru”.
18 yoshli hujumchi 1476 o‘quvchi qatnaydigan “Eshton-on-Mersi” maktabida tahsil oladi. U maktabga futbol o‘lvochlari bo‘yicha kamtarona hisoblangan Audi A3 mashinasi va “Manchester Yunayted”ning sport kiyimida tashrif buyurdi.
“Markus – og‘ir va bosiq yigit. U ta’lim olish qanchalik muhim ekanini yaxshi biladi. Markus ‘Arsenal’ darvozasiga 10 ta gol urganida ham, bu uning maktabdan qolishiga sabab bo‘lmasdi. Bir hafta avval u ‘Manchester Yunayted’ning asosiy tarkibida ham o‘ynamaganidan xabarimiz bor. ‘Old Trafford’ni bejizga ‘Orzular teatri’ deyishmaydi. U bosiq bo‘lishiga qaramay, ‘Arsenal’ga qarshi kechgan o‘yinda eng yaxshi futbolchi bo‘lib, maktabga qaytishi g‘alati bo‘lsa kerak”, — deb Reshfordning o‘qituvchisi so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Sun nashri.
Qayd etish joiz, “Eshton-on-Mersi” maktabining homiylaridan biri “Manchester Yunayted” hisoblanadi. Ushbu ta’lim muassasasida “Manchester Yunayted” safida to‘p surgan Darren Fletcher, Denni Uelbek va Jonni Evans tahsil olgan.
Eslatib o‘tamiz, Markus Reshford “Midtyulland”ga qarshi (5:1) Yevropa Ligasi 1/16 final javob o‘yinida hamda “Arsenal”ga qarshi (3:2) Angliya chempionati 27-turida dubl qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)