Sotuvga qo‘yilgan yo‘ltanlamas avtomashinasi Rim papasi tomonidan AQShga uyushtirgan ilk tashrifi davomida rasmiy “papamobil” sifatida tanlangan edi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “Avto Mail.ru” xabar qilmoqda.
Bu mashina Rim papasining AQShga uyushtirgan sayohati davomida foydalangan oltita avtomobildan biri bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, kimoshdi savdosi AQShning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tdi va 11 daqiqa davom etdi. Savdoda g‘olib bo‘lgan xaridor papaning Fiat 500L rusumli mashinasi uchun 82 000 dollar taklif qildi.
Fiat 500L’ning AQShdagi o‘rtacha bozor narxi 19―25 ming dollarni tashkil etadi. Sotuvdan tushgan pul mablag‘i Filadelfiya arxiyeparxiyasiga o‘tkazilib, xayriya ishlariga sarflanishi ta'kidlanmoqda.