Suriya shimolidagi Aleppo shahrida yuz bergan terakt oqibatida kamida 23 kishi qurbon bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “Yevropeyskaya pravda” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, xudkush terrorchi “Ahror ash-Shom” guruhiga tegishli bo‘lgan nazorat punktida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasini portlatib yuborgan.
Portlash oqibatida guruhning to‘rt nafar qo‘mondoni va to‘rt nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Bundan tashqari, portlash yon-atrofdagi uchta binoni vayron qilib, o‘nlab odamlar vayronalar ostida qolib ketgan.
“Ahror ash-Shom” vakillari hozircha hodisaga sharh bermadi.
Izoh (0)