Moskva Kiyev tomonidan qarzning qaytarilishiga erishmoqchi, aks holda, Rossiya Ukrainani sudga beradi. Bu haqda, “Korrespondent.net” xabariga ko‘ra, Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov ma’lum qildi.
Siluanovning so‘zlariga ko‘ra, agar Kiyev Rossiyaga qarzini qaytarmasa, bu Ukraina tomoni uchun defolt bo‘ladi.
“Biz Ukraina joylashtirgan va biz davlat mablag‘larini kiritgan yevroobligatsiyalarni joylashtirish tartibi shartlarida yozilganidek sud instansiyalarga murojaat qilamiz”, — dedi Rossiya Moliya vazirligi rahbari.
Kuni kecha Ukraina 3 milliard dollarlik qarzni restrukturizatsiya qilish bo‘yicha Rossiya bilan yana kelisha olmagani ma’lum bo‘lgandi.