Vashingtondagi Xalqaro respublika instituti AQShning 2015-yil uchun Ozodlik mukofotini rossiyalik marhum siyosatchi Boris Nemsovga berishga qaror qildi. Mukofot unga Rossiyada demokratiyani rivojlantirishga hayotini bag‘ishlagani uchun taqdim etildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mukofot 1995-yili ta’sis etilgan. U bilan dunyoda ozodlik va demokratiyani rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan kishilar taqdirlanadi. Jumladan, turli yillarda Rim papasi Ioann Pavel II, Ronald Reygan, Natan Sharanskiy kabi taniqli insonlar mukofot sohibi bo‘lgan.