Eron poytaxti Tehron shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat turnirning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda. Ushbu musobaqada Shonig‘mat Shofayziyev O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
U ilk bosqichda gruziyalik Georgi Javaxishvilini ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
Bugun, 9-sentabr kuni Shofayziyev chorak finalga beriladigan yo‘llanma uchun o‘tkaziladigan ikkinchi davra uchrashuvida musobaqaning oltinchi raketkasi avstraliyalik Tomas Fankattga qarshi kortga chiqadi.