O‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev 17-oktabr kuni Germaniyaning Kil shahridagi “Shparkassen-Arena”da Puerto-rikolik Fres Okendoga qarshi revansh jangida ringga chiqadi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.
Promouter Timur Dugazayevning ma’lum qilishicha, Chagayev ayni vaqtda AQShning Mayami shahrida murabbiy Pedro Dias qo‘l ostida shug‘ullanmoqda, taxminan 5-oktabr kuni u Germaniyaga yetib keladi.
Chagayev — Okendo jangi g‘olibi avstraliyalik Lukas Braunga qarshi ringga chiqadi. Lukas Braun shu vaqtgacha professional ringda 22 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, biror marta mag‘lub bo‘lmagan, 19 jangda nokaut bilan g‘alaba qozongan.
Qayd etish joiz, Chagayev va Okendo o‘rtasida 2014-yil iyulida Checheniston poytaxti Grozniy shahrida bo‘lib o‘tgan dastlabki jangda o‘zbekistonlik bokschi ochkolar bo‘yicha 115:113, 115:113, 114:114 hisobida g‘olib chiqqandi.
Izoh (0)