Ko‘pchiligimiz qiziqarli o‘tgan dam olish kunlaridan so‘ng, dushanba kunini dahshat bilan kutamiz. Ba’zan zerikarli idorada iltifotsiz hamkasblar va qattiqqo‘l rahbarning dastidan igna ustida o‘tirgandek, har besh daqiqada ish vaqtining tugashini kutib soatga qaraymiz.
Biroq shunday idoralar borki, u yerdagi xodimlar uchun bunday hissiyotlar butunlay begona. Bu idoralar dizaynerlari xodimlarning unumli mehnat qilishi va maroqli dam olishi uchun barcha qulayliklarni yaratgan. Ana shunday idoralarning suratlarini “Surftrend.ru” taqdim etadi:
- Selgas Cano. Bu ajoyib idora tabiatni xush ko‘ruvchilar uchun ayni muddao. Ish jarayonida fasllarning qanday almashayotganligini kuzatish juda maroqli.
- Google. Mashhur Google kompaniyasining g‘aroyib idoralari haqida afsonalar yuradi. Bu yerdagi xodimlar ishlashga ham vaqt toparmikan?
- Inventionland Design Factory. Bu idorani yaratuvchi dizaynerlar har qanday xodimning bolalikdagi orzularini amalga oshirgan.
- Airbnb. Bu idoraga hattoki uy hayvonlarini ham olib kelishga ruxsat beriladi.
- Facebook. Eng mashhur ijtimoiy tarmoq xodimlarining boshiga qanday qilib bir-biridan ajoyib g‘oyalarning kelishiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Bunday ishxonada har qanday dangasa ham ijodiy faollik ko‘rsata oladi.
- Nokia. Bunday idorada xodimlar mehnati unumdorligini oshirishga ta’sir qiluvchi yorug‘lik va havo ko‘p.
- Urban Outfitters. Bir nechta uslublar qo‘shilib ketgan zamonaviy dizaynga ega idora.
- Lego. Dunyoga mashhur konstruktorlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya idorasini lego-odamchalar, lego-hayvonlarsiz tasavvur qilish qiyin.
- Zynga. Onlayn-o‘yinlarni yaratuvchi bunday idorada ishda ekanligingizni unutib qo‘yishingiz hech gapmas.