RocketLab firmasi Yangi Zelandiyaning Kristchyorch shahri yaqinidagi Katoret burnida kosmodrom qurilishi haqida e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Kosmodromdan ilk raketa uchirilishi joriy yilning so‘ngiga rejalashtirilmoqda.
Kompaniya bosh direktori Piter Bekning so‘zlariga ko‘ra, davlat kosmodromlaridan raketa uchirish ko‘pchilik kosmik kompaniyalar uchun ancha qimmatga tushadi va buning uchun kamida bir yil navbat kutish kerak. “Raketa uchirish uchun milliardlab dollarlik chek yozib berishga to‘g‘ri keladi. Bu summa oxiridagi bitta nolni o‘chirsa nima bo‘ladi? Bu bozorni ko‘plab qiziqarli korxonalar uchun ochadi”, — dedi Bek.
RocketLab yiliga 100 ta raketa uchirishni rejalashtirmoqda, bir raketa uchirish narxi 5 million dollar bo‘ladi. Narxning pastligi bu tez-tez qilib turilishi, kosmodromning muvaffaqiyatli joylashuvi, raketa qurishning yangi texnologiyasi hamda raketa qurilishi va infratuzilmaning bir joydaligi bilan bog‘liq.