6-iyul, dushanba kuni Turkiyaning oltita qiruvchi samolyoti Egey dengizi qirg‘oqlarining shimoli-sharqiy, markaziy va janubi-sharqiy qismlarida bir necha marta Gretsiya havo hududini buzib kirdi, deya xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda” mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib.
Turkiyaning oltita qiruvchisi bilan yonma-yon yettinchi harbiy samolyot ham parvoz qilgan. Qiruvchi samolyotlarning ikkitasi qurollangan bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, ularning barchasi Gretsiya harbiy havo kuchlari qiruvchilari tomonidan tutilgan.