Italiyalik taniqli avtomobillar dizayneri Jorjetto Jujaro o‘z nomi bilan atalgan Italdesign Giugaro firmasidan o‘z xohishi bilan iste’foga chiqdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
1999-yilda asr avtomobil dizayneri deb atalgan va 2002-yilda Avtomobil shon-shuhrati zaliga kiritilgan Jujaro o‘zining kompaniyada qolgan 9,9 foizlik ulushini Audi’ga sotdi. Qayd etilishicha, u 2010-yilda aksiyalarning 90,1 foizini Volkswagen’ga sotgan.Jujaro Volkswagen Golf va Passat, Lotus Esprit, DeLorean DMC-12, Alfa Romeo 159 va Brera singari modellarning dizaynini yaratgan. Shuningdek, u Daewoo Matiz avtomobili dizaynining ham muallifi hisoblanadi.