Ispaniya shimolidagi Pamplona shahrida har yili 6—14-iyul kunlari o‘tkaziladigan San-Fermin bayramining eng tomoshabop va xavfli qismi — buqalar bilan yugurish tomoshasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “TJournal.ru”.
Marshrutning umumiy uzunligi bir kilometrga yaqin bo‘lib, ko‘pchilik yuguruvchilar uning faqat bir qisminigina bosib o‘tadi — maxsus joylardan yugurishga qo‘shiladi yoki undan chiqib ketadi. E’tiboringizga bu yilgi yugurishning ijtimoiy tarmoqlardan olingan eng yaxshi suratlarini taqdim etamiz.