19-iyun kuni Yevropa Ittifoqi kengashi Qrim va Sevastopolning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishiga javoban kiritgan cheklovlari muddatini 2016-yil 23-iyungacha uzaytirdi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.
Sanksiyalar YeIga Qrim va Sevastopoldan mahsulotlarni import qilish, Qrim va Sevastopolga investitsiya kiritish, Qrim va Sevastopoldagi turistik xizmatlar, ma’lum mahsulotlar va texnologiyalarni Qrimga eksportga qilishga cheklov qo‘yishni nazarda tutadi.
Sanksiyalarni uzaytirish to‘g‘risidagi qaror Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida 20-iyun kuni chop etiladi. 22-iyun kuni YeI kengashi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni muhokamasiz yanvar oyi oxirigacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)