Xitoyda ichida 450 dan ortiq yo‘lovchisi bo‘lgan teploxod cho‘kib ketgan Yanszi daryosidagi qutqaruv operatsiyasi chog‘ida 13 kishi qutqarib olindi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, cho‘kkan kemaning ichidan tirik qolgan odamlarning ovozlari eshitilmoqda. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, yo‘lovchilarning aksariyati 50—80 yoshlarda bo‘lgan.Qayd etilishicha, bortida 450 dan ortiq yo‘lovchisi bo‘lgan “Sharq yulduzi” nomli daryo teploxodi Nankindan Chunsinga reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan.