Chakana savdo bo‘yicha dunyodagi eng qimmat brend sohibi bo‘lgan Xitoyning Alibaba Group kompaniyasi 15-may kuni Rossiyada o‘z vakolatxonasini ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
1999-yilda asos solingan Alibaba Group internet orqali savdoga ixtisoslashgan. Uning tarkibiga Taobao chakana portali (6 milliondan ortiq sotuvchi), Tmall.com onlayn savdo maydoni (yirik brendlar va riteylerlar uchun), Alipay to‘lov tizimi, Aliexpress onlayn riteylari, tashkilotlar uchun Alibaba.com onlayn savdo maydoni va boshqalar kiradi.
Alibaba Group aksiyadorlaridan biri — rossiyalik milliarder Alisher Usmonov 2014-yil kuzida o‘zining Alibaba’ga kiritgan investitsiyasi 500 foizdan ortiq daromad berganini tan olgan.
Izoh (0)