AQSh Kongressi Milliy xavfsizlik agentligining mamlakat fuqarolarini kuzatish va ma’lumot to‘plash vakolatini uzaytirishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
May oyi o‘rtalarida Vakillar palatasi “Erkinlik to‘g‘risidagi akt”ni ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilgan edi. Biroq Senatda hujjat kerakli 60 foiz ovozni to‘play olmadi. Spiker Mitch Makkonnelning avvalgi hujjatning amal qilish muddatini ikki oyga cho‘zish haqidagi taklifi ham yetarli ovoz yig‘a olmadi.
Eslatib o‘tamiz, hujjatning vakolat muddati 1-iyunda o‘z yakuniga yetadi. Avvalroq, AQSh prezidenti Barak Obama bu masalada Senatdagi respublikachilar yetakchisi bilan uchrashgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)