Argentinalik sudya Alberto Xulio Banyos kanadalik xonanda Jastin Biberni 2013-yilda mahalliy fotosuratchini do‘pposlaganlikka aloqadorlikda ayblab, hibsga olishga order berdi, deb xabar qilmoqda “TASS”.
Bunday qarorga Biber ko‘rsatma berish uchun kelmagani sabab bo‘lgan. Shunday qilib, kanadalik qo‘shiqchi Argentina hududida paydo bo‘lsa, u sudga majburlab olib kelinadi.
Qayd etilishicha, 2013-yilgi gastrol vaqtida Argentina poytaxtidagi tungi klublardan birida Biberni suratga olmoqchi bo‘lgan fotografni uning tansoqchilari do‘pposlab, fotoapparatini olib qo‘ygan. Ular bu ishni qo‘shiqchining ko‘rsatmasi bilan bajargani taxmin qilinmoqda. Agar Biber Argentinada tan jarohati yetkazishda aybdor deb topilsa, bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Izoh (0)