Toshkent halqa avtomobil yo‘li atrofida bu yilgi mavsumning ilk qulupnaylarining bir kilogrammi 100 ming so‘mdan sotila boshlandi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
“Charli” navidagi qulupnayning saralangan bir kilogrammi narxi esa 150 ming so‘mgacha yetadi. Shuningdek, kichik idishchalarda 6500 so‘mlik qulupnaylar ham tayyorlab qo‘yilgan. Taqqoslash uchun 1 kilogramm olma 4−8 ming so‘m, banan 10 ming so‘m, olxo‘ri 8−10 ming so‘m, mandarin 8−15 ming so‘m ekanligi qayd etilgan.
Qayd etilishicha, ilk qulupnaylarning mazasi unchalik ham shirin bo‘lmaydi. Dehqonlarning so‘zlariga ko‘ra, mavsumning dastlabki qulupnaylari quyosh nuriga yaxshi to‘yinmagani bois kamdan-kam hollarda mazali bo‘ladi.