O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015-yil 31-martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftagidan 6,05 so‘mga oshib, 2490,20 so‘mni, 1 yevro o‘tgan haftagidan 74,31 so‘mga oshib, 2716,76 so‘mni, 1 Rossiya rubli o‘tgan haftagidan 1,76 so‘mga oshib, 43,14 so‘mni tashkil etadi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.