Better Cotton Initiative (BCI) dasturi vakillari Toshkentda “O‘zbekyengilsanoat” DAK rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Unda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
BCI — paxta o‘stirish usullarini yaxshilash tarafdori bo‘lgan xalqaro notijoriy tashkilot. H&M, Levi’s, Adidas, Nike va boshqa ko‘plab trikotaj mahsulotlar brendlari BCI dasturi bo‘yicha o‘stiriladigan paxta xomashyosini sotib oladi.
Uchrashuvda dastur mutaxassislari ta’kidlaganidek, BCI metodologiyasini qo‘llash o‘zbek fermerlariga yetishtiriladigan paxta hajmini ko‘paytirish imkonini beradi.