Taniqli qo‘shiqchi Madonna Brit Awards mukofotini topshirish marosimida sahnadagi zinadan yiqilib tushgacha bo‘ynidan jarohat olganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter.
“Men bo‘ynimdan jarohat oldim. Ertalabki soat uchgacha mening aqlim joyidagiligiga ishonish uchun ustimda chiroq bilan turishdi. Menda ikkita variant bor edi – yo bo‘g‘ilish, yo yiqilish. Men ikkinchisini tanladim”, − dedi Madonna.
Xonanda o‘zi yiqilgan holatning videoyozuvini ko‘rishdan bosh tortgan va endi sahnaga uzun yopinchiq kiyib chiqmasligini ma’lum qilgan.