O‘zbekistonlik Sabina Sharipova Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat turnirdagi ishtirokini yakunladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Musobaqaning birinchi raqamli tennischisi hisoblangan Sabina yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan uchrashuvda xorvatiyalik Adriana Lekajga qarshi kortga chiqdi. Turnirda beshinchi raqam ostida harakat qilayotgan Lekaj ushbu bahsda osonlik bilan 6:2, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Izoh (0)