Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6-yanvar kuni Sidney shahrida Malayziyaning “Joxor Darul Ta’zim” klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi.
Mazkur uchrashuv Mirjalol Qosimov jamoasi uchun Osiyo Kubogi bahslaridan oldingi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ladi. O‘yin Sidney shahridagi “Markoni” stadionida bo‘lib o‘tadi. Ma’lumot o‘rnida, “Darul Ta’zim” klubi yakuniga yetgan Malayziya chempionati g‘olibi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bungacha 28-dekabr kuni BAAning Sharja shahrida Iroq terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi va 29-dekabr kuni Toshkentga qaytib keladi.
Milliy terma jamoa delegatsiyasi Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun 3-yanvar kuni Avstraliyaning Sidney shahriga jo‘nab ketadi.
Izoh (0)