Rossiya Davlat dumasi O‘zbekistondagi IIN-3M tadqiqot reaktorining nurlantirilgan yadro yoqilg‘isini Rossiya Federatsiyasiga keltirish bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi bitimni ratifikatsiya qildi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Bitim O‘zbekistonning IIN-3M tadqiqot reaktori uchun Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori darajada to‘yintirilgan yadro yoqilg‘isini qayta ishlash uchun Rossiyaga olib o‘tishni ko‘zda tutadi.
Toshkent yaqinida joylashgan “Foton” AJga tegishli IIN-3M reaktorining yadro yoqilg‘isini Rossiya Federatsiyasiga olib o‘tish to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida 9-aprel kuni Moskvada imzolangan.
Izoh (0)