Milliarder Alisher Usmonov va uning hamkorlariga qarashli USM Holdings ikki yirik aktivi − “Megafon” va “Metalloinvest”ning nazorat paketlarini Rossiya xolding kompaniyalariga ko‘chirdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
USM guruhi aktivlarini tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha bitimlar seriyasi yakunlangach, “Megafon” aksiyalarining nazorat paketi “AF Telekom Xolding”ga, “Metalloinvest” paketi esa “YueSeM Metalloinvest”ga o‘tdi.
USM xoldingining ushbu harakati Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan mamlakat iqtisodiyotini offshordan tozalash siyosati bilan bog‘liqligi qayd etilgan.