Xitoyning Oppo kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan Osiyo hududidan tashqaridagi eng ingichka Oppo R5 smartfoni turli sinovlardan o‘tkazilgan videorolik internetda tarqaldi, deb xabar bermoqda Hi-Tech.Mail.ru.
https://www.youtube.com/watch?v=Ah0A_0cDPpU
Videorolikda smartfon yordamida olma va tarvuzni ikkiga bo‘lib, yong‘oq chaqib va mix qoqib ko‘rilgan. Hattoki smartfon ustidan avtomobil yuritib o‘tkazilgan. Bu sinovlarning birortasi smartfonga zarracha ham zarar yetkaza olmagan.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi oxirida taqdim etilgan ushbu smartfonda 5,2 dyuym 1080×1920 pikselli Super AMOLED displey, 1,5 GGs chastotaga ega 64 bit, sakkiz yadroli protsessor, 2 Gb tezkor xotira, 5 megapikselli old va 13 megapikselli orqa kamera, 2000 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan. Oppo R5 smarfoni 148,9×74,5×4,85 mm o‘lchamga ega.