Tailandning Pxuket shahrida davom etayotgan sohil sport turlari bo‘yicha Osiyo o‘yinlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Bu yil o‘z tarixida to‘rtinchi bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqada ilk marotaba o‘zbek xalqining milliy qadriyati hisoblangan kurash bahslari o‘tkazilyapti, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
16-noyabr, musobaqaning ikkinchi kuni uchta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Quvonarlisi, 73 va 81 kilogramm vazn toifalarida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari — Davlat Abrayev hamda Sanjar To‘xtashev barcha raqiblarini yengib, Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.
Ayollar (57 kilogramm)- Oltin medal — Li Van Ting (Xitoy Taypeyi)
- Kumush medal — Petlada Nuinkayev (Tailand)
- Bronza medal — Zi Tin Li (Vyetnam)
- Bronza medal — Zarina Abdurahmonova (Turkmaniston)
Erkaklar (73 kilogramm)
- Oltin medal — Davlat Abrayev (O‘zbekiston)
- Kumush medal — Xadi G‘adimi (Eron)
- Bronza medal — Chuang Shan Chin (Xitoy Taypeyi)
- Bronza medal — Takeru Nobayashi (Yaponiya)
- Oltin medal — Sanjar To‘xtashev (O‘zbekiston)
- Kumush medal — Ayash (Yaman)
- Bronza medal — Mezkal Aljaramani (Suriya)
- Bronza medal — Elias Ali Akbari (Eron)
Izoh (0)