Mehnat bozoridagi raqobat kundan-kunga sezilarli o‘zgarayotgan va takomillashib borayotgan zamonaviy davrda, mutaxassislarga oliy o‘quv yurt muassalari tominidan ish va o‘qishni birlashtirgan holda qo‘shimcha bilim va malakalarga ega bo‘lish, ish lavozimini ko‘tarishga yordam beradigan va yangi imkoniyatlar eshigini ochuvchi turli xildagi mashg‘ulot dasturlari yaratilishi keskin rivojlanib bormoqda.
Xususan, O‘zbekistondagi ilg‘or universitetlardan biri hisoblanuvchi Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) turli sohalarda bilim va malakalarini oshirishni xohlagan yoshlar uchun “Xalqaro biznes va menejment” (MAIBM) va “Xalqaro tijoriy huquq” (LLM) yo‘nalishlarida magistratura dasturlarini taqdim etadi. Dasturlar ish joylarida va xalqaro biznesga aloqador sohalarda yuksak yutuqlarga erishishni xohlaganlar uchun mukammal imkoniyatdir.
Ushbu magistrlik dasturlarining o‘ziga xosligi shundaki, talabalarning katta qismini kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassis va menejerlar tashkil etadi. Shuni e’tirof etish kerakki, talabalarga yanada ko‘proq qulayliklar yaratish uchun, ish va ta‘lim faoliyatini birlashtirgan holda dars va mashg‘ulotlar kechki soatlarda o‘tkaziladi.
Sobiq magistrant, hozirda esa Simple Networking Solutions kompaniyasining rahbari Farhod Fayzullayev o‘zining o‘qish haqidagi taassurotlarini shunday ifoda etdi:
Vestminsterda o‘qish mening shaxsiy biznesdagi muvaffaqiyatlarimga katta turtki bo‘lib, soham bo‘yicha yangi tanish va hamkorlar ortirishga yordam berdi. Men xodimlar yollashni, ularni qanday qilib unumli boshqarishni va jamoaviy ish tizimini yaratishni o‘rgandim. Ayni paytda firmamda istalgan xodim, o‘zining hamkasbi bo‘ladimi yoki shaxsan men bilan, yangi g‘oyalar va muammolar haqida bemalol suhbatlasha oladi. Xodimlarim rahbariyatga tanqidiy fikrlarini ham bemalol bildirishlari mumkin.Yana bir e’tiborni tortadigan jihatlardan biri, bu o‘qishga qabul qilish bir yilda ikki marotaba bo‘lib o‘tishidir – qish va kuzda. Qishki qabul 2014-yil 25-noyabr, kuzgi qabul esa 2015-yil 30-avgust oyigacha bo‘lib o‘tadi. TXVUdagi magistratura haqida ko‘proq ma’lumotga universitet saytidagi maxsus sahifadan ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, magistratura dasturlariga bag‘ishlab o’tkaziladigan “Magistrlar kuni” tadbiriga tashrif buyurishingiz mumkin. Tadbir 20-noyabr kuni soat 18:30da TXVUning asosiy binosida bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan universitet saytidagi maxsus sahifa orqali o’tish mumkin.
Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti 2002-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilib, respublikada xalqaro ta‘limning kashfiyotchisiga aylandi. Hozirda mamlakatimizdagi yetti xalqaro oliygohlardan biri bo‘lib, yaqin kelajakda universitet o‘z ta’lim xizmatlari to‘plamini yanada kengaytirgan holda, “Elektronika injiniringi”, “Moliya”, “Xalqaro iqtisodiyot”, “Biznes tahlili”, “Ta’lim menejmenti” va “Ingliz tili o‘qitish uslublari” kabi yangi dasturlarni taqdim etishni rejalashtirgan.