Oppo R5 eng ingichka smartfon sifatida dunyo rekordini yangiladi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu smartfonda 5,2 dyuym 1080×1920 pikselli Super AMOLED displey, 1,5 GGs chastotaga ega 64 bit, sakkiz yadroli protsessor, 2 Gb tezkor xotira, 5 megapikselli old va 13 megapikselli orqa kamera, 2000 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan. U Android operatsion tizimida ishlaydi va 499 dollardan sotilishi kutilmoqda.
Oppo R5 smarfoni 148,9×74,5×4,85 mm o‘lchamga ega va u yarim santimetrdan kichik qalinlikka ega ilk smartfon ham hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha dunyoning eng ingichka smartfoni Gionee Elife S5.1 bo‘lib, u 5,1 mm qalinlik bilan “Ginnesning rekordlar kitobi”dan o‘rin egallagan edi. Vivo kompaniyasi ham 3,8 mm qalinlikka ega smartfon ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Biroq hozircha, dunyoning eng ingichka smartfoni nomi Oppo R5’ga tegishli.