Amerikalik taniqli bokschi Mayk Tayson Opie Radio’ga bergan intervyusida bolaligida notanish odam tomonidan zo‘rlanganini tan oldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Men yetti yoshli kichkina bola edim. Begona erkak meni ko‘chada tutib oldi. U meni masxara qildi va zo‘rladi. Men buni ba’zida eslayman, ba’zida esa yo‘q. Bu voqea uchun o‘zimda sharmandalik yoki uyat hisini tuymayman”, − dedi bokschi.
Taysonning radioboshlovchiga tushuntirishicha, bunday holat faqat bir marta sodir bo‘lgan. U zo‘ravonni “qariya” deb, undan qochib ketgan. Bu hodisa haqida politsiyaga xabar qilmagan.