Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridagi GITEX ko‘rgazmasida Lotus Evora avtomobilining mahalliy tez yordam xizmati uchun mo‘ljallangan maxsus versiyasi namoyish etildi, deb xabar bermoqda Motor.ru.
Soatiga 296 kilometr tezlik bilan yura oladigan ushbu avtomobil tibbiy xizmat uchun mo‘ljallangan eng tezyurar mashina deb topilgan. Bemorlarni tashishga moslashtirilgan Evora yurak urishi va qon bosimini o‘lchaydigan uskunalar, kislorod ballonlari va boshqa zarur tibbiy jihozlarga ega.
Bunday mashinalar maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 50 nafar dubaylik shifokorlar xizmatiga beriladi. Avtomobil narxi 160 ming dollardan ortiqroq ekanligi aytilmoqda.
Bu avtomobilning suratlarini “Chorsu” blogidagi ushbu fotojamlanmada tomosha qilishingiz mumkin.