Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa Ittifoqini Ukraina orqali gaz tranzitida muammolarga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirdi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
“Rossiya gazining Yevropaga yetkazib berilishida Ukraina hududidan tranzit muammosi saqlanib qolmoqda. Buning asosiy yechimlaridan biri tranzit yo‘llarini diversifikatsiya qilishdir”, − dedi Putin Serbiyaning “Politika” nashriga bergan intervyusida.
Rossiya prezidenti ikki xil yechimni taklif qilgan. Birinchisi − “Janubiy oqim” loyihasi qurilishini qaytadan yo‘lga qo‘yish bo‘lsa, ikkinchisi Boltiq dengizi tubidan o‘tgan “Shimoliy oqim” yo‘nalishining davomi sifatida Germaniyadan Chexiyaga boradigan OPAL tarmog‘ini ishga tushirishdir.
Gaz tranziti masalasi Putinning Milanda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan uchrashuvida asosiy mavzulardan biri bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)