Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi tashkil etilganining 69 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan bayram tadbirlarida qatnashmadi. Bu haqda Yonhap News’ga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Avvalroq Kim Chen Inning har ikkala to‘pig‘i operatsiya qilingani va hozirgi vaqtda u gospitalda yotgani haqida xabar berilgan edi. Mutaxassislarning qayd etishlaricha, Shimoliy Koreya yetakchisi podagradan aziyat chekmoqda.
Bir qator tahlilchilarning fikricha, hozirgi vaqtda KXDR hokimiyati tepasida amalda Kim Chen Inning 27 yoshli singlisi turgan bo‘lishi mumkin.