Rossiya Federatsiyasi prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 10-oktabr Minskda bo‘lib o‘tadigan MDH sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar beradi.
“MDH sammiti masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, mazkur yig‘ilishda Ukraina prezidentidan tashqari, qolgan barcha a’zo davlatlarning davlat rahbarlari ishtirok etadi”, — deya ma’lum qildi Ushakov.
Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Minskdagi a’zo davlatlar rahbarlarining kengashi qabul qilingan doimiy tartib bo‘yicha bo‘lib o‘tadi: avval prezidentlar tor davrada yig‘iladi, keyin davlat rahbarlarining keng tarkibdagi uchrashuvidan so‘ng hujjatlar imzolanadi.
Ukrainaning Belorussiyadagi elchisi Mixail Yejel MDH sammitida mamlakatning vakili sifatida kim ishtirok etishi borasidagi savolga javob bermadi.
Eslatib o‘tamiz, MDHning avvalgi sammiti Minsk shahrida 26-avgustda bo‘lib o‘tgan.
Izoh (0)