Ebola virusidan halok bo‘lganlar soni 3879 nafarga yetdi, shuningdek, yana 8033 nafar odam ushbu kasallik bilan zararlangani aniqlangan. Bu haqda, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga asoslanib, Reuters axborot agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Kun” nashri.
Qayd etishlaricha, ushbu ma’lumotlar 5-oktabr oqshomida olingan axborotga mos keladi.
Hozirgi vaqtgacha ushbu virus Serra-Leone, Gvineya, Liberiya, Nigeriya, Senegal va Kongo Demokratik respublikasida tarqalayotgani ma’lum. Ebola bilan kasallanganlik holatlari esa, Afrikadan tashqarida, faqat AQShda va Ispaniyada qayd etildi.
Xususan, Liberiyadan Texasga qaytganidan so‘ng Ebola bilan kasallangani ma’lum bo‘lgan dastlabki amerikalik 8-oktabr kuni Dallasda vafot etdi.
Izoh (0)