18-noyabr kuni dunyoning eng kuchli termalaridan sanalgan Portugaliya hamda Argentina jamoalari Angliyadagi Old Trafford stadionida o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Ushbu o‘yin ko‘pchilik e’tiborini jalb qila oladi, negaki, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi yana bir bor maydonda o‘zaro kurash olib boradi.
Mazkur o‘yindan avval Argentina termasi oktabr oyida ham ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan. Xerardo Martino shogirdlari avval Braziliya, so‘ngra Gonkong termalariga qarshi to‘p suradi.
Portugaliyaliklar esa Fransiya termasi bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazadi va Yevro — 2016 saralash o‘yinida Daniyaga qarshi maydonga tushadi.
Izoh (0)