Qatar terma jamoasi oldida turgan uchta o‘rtoqlik o‘yinida 22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar bilan ishtirok etishga qaror qildi. Qatarliklar bugun O‘zbekiston, 9-oktabr kuni Livan, 14-oktabr kuni esa Avstraliya bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Qatar U-22 terma jamoasi bilan mazkur o‘yinlarda ishtirok etish orqali Fors ko‘rfazi kubogiga tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan. Ushbu o‘yinlar yordamida jamoaning jazoirlik bosh murabbiyi Jamol Belmadiy Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Ko‘rfaz kubogiga boradigan tarkibni aniqlab oladi. Hozirda terma jamoa safida 25 nafar futbolchi shug‘ullanmoqda. Ulardan 23 nafari musobaqaga yo‘l oladi.
Qatar va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Dohadagi “Ash-Shorta” klubiga qarashli Abdulla bin Xalfa stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.
Izoh (0)