Gonkong ma’muriyati rahbari Li Chjenyin shahar ko‘chalarida davom etayotgan namoyishlarni dushanbagacha to‘xtatishni talab qildi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
U namoyishchilarni endi maktablar va hukumat muassasalarining faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yilishi uchun barcha zarur choralar ko‘rilishi bilan ogohlantirdi.
Shanba kuni Mongkok savdo mavzesida norozilik aksiyasi ishtirokchilari va namoyishlarga qarshilar o‘rtasida yana to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Juma kuni esa 19 kishi bezorilik uchun qo‘lga olingan bo‘lib, ularning 8 nafari jinoiy guruhlar a’zolari ekanligi aniqlangan. Shu asnoda namoyish tashkilotchilari hukumat bilan muzokaralarni ortga surgan. Pekin esa mahalliy hukumatni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Bir haftadan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlarida ishtirokchilar Xitoyning ushbu alohida ma’muriy hududida 2017-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan demokratik saylovlar o‘tkazishni talab qilmoqda. Ular Xitoy hukumatining Gonkong saylovlaridagi nomzodlarni tasdiqdan o‘tkazish istagidan norozi.