Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida mamlakatning yangi saylangan prezidenti — Ashraf G‘ani Ahmadzayning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Kun” BBC News’ga tayanib.
Ashraf G‘ani Ahmadzay mamlakat tarixidagi “ilk demokratik hokimiyat almashishini” olqishlab, o‘zining saylovdagi asosiy raqibi — Abdullo Abdullo haqida ham iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.
Inauguratsiya marosimida yangi hukumat tarkibidan o‘rin olgan Abdullo Abdullodan tashqari 100 ga yaqin yuqori martabali amaldorlar ishtirok etdi.
BBC News muxbirining Qobuldan ma’lum qilishicha, shaharda xavfsizlik yuqori darajada ta’minlangan, ko‘chalarda sanoqli odamlarni ko‘rish mumkin, do‘konlar ishlamayapti.
Inauguratsiya marosimi boshlanganida nutq so‘zlagan Afg‘onistonning endilikda sobiq prezidenti Hamid Karzay mamlakat xalqini yangi hukumatni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Izoh (0)