FIFA barcha xodimlaridan Braziliya futbol federatsiyasi (BFK) tomonidan sovg‘a qilingan soatlarni qaytarib berishni talab qildi, deya xabar beradi Stadion.uz BBC ma’lumotiga tayanib.
Bu sovg‘alar JCh — 2014 vaqtida BFK homiylaridan biri tomonidan FIFAning turli xodimlariga ulashilgan edi.
FIFA etika qo‘mitasining ta’kidlashicha, uning kodeksi ramziy bo‘lmagan sovg‘alarni olishga to‘sqinlik qiladi.
Bu haqda BFKga tushuntirildi, mulozimlardan esa sovg‘alarni qaytarish talab qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sovg‘alarning umumiy qiymati 16 ming funt sterling (taqriban 26,2 ming dollar)ni tashkil qiladi.
Izoh (0)