Kecha professional tennischilarning haftalik yangi reytingi e’lon qilindi. Xotin-qiz tennischilar o‘rtasidagi reytingning kuchli o‘ntaligida hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Toshkent shahrida o‘tgan Tashkent Open turnirining yarim finaliga qadar yetib kelgan O‘zbekiston tennischisi Nigina Abduraimova 44 pog‘ona yuqorilab, 145-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Chorak finalda aynan Niginaga yutqazib qo‘ygan Oqgul Omonmurodova esa 68 pog‘onaga ko‘tarilib, ayni paytda 256-o‘rinni egallab turibdi.
1. Serena Uilyams (AQSh) — 9430
2. Simona Xalep (Ruminiya) — 6160
3. Petra Kvitova (Chexiya) — 5926
4. Mariya Sharapova (Rossiya) — 5575
5. Agneshka Radvanska (Polsha) — 5380
... 145. Nigina Abduraimova (O‘zbekiston) — 394
... 256. Oqgul Omonmurodova (O‘zbekiston) — 181
... 312. Sabina Sharipova (O‘zbekiston) — 132