BAAda o‘tkazilayotgan FIDE Gran-prisida 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu turda O‘zbekistonning yagona ayol grossmeysteri Nafisa Mo‘minova armanistonlik Elina Daniyelyan bilan bahs yuritib, imkoniyatni boy berdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.
Shu kunga qadar bo‘lib o‘tgan 8 tur o‘yinlarining yakunlariga ko‘ra, 6,5 tadan ochko jamg‘argan xitoylik grossmeysterlar Xou Ifan va Chju Venjun peshqadamlik qilmoqda. Nafisa Mo‘minova hisobida hozircha ikki ochko mavjud bo‘lib, u ushbu bosqichda ishtirok etayotgan 12 nafar grossmeyster orasida 10-o‘rinni egallab turibdi.
4-sentabr kuni o‘tkaziladigan 9-turda Nafisa oq donalarda mo‘g‘ulistonlik Batchimeg Tuvshintugs bilan bahs yuritadi.
Oltinchi bosqich o‘yinlari 11 turdan iborat bo‘lib, 6-sentabr kuni yakuniga yetadi.
Izoh (0)