Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga 100 million dollar miqdorida kredit berdi. Bu haqda ITB axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotga tayanib, UzDaily.uz xabar bermoqda.
O‘zbekiston 2015-yilga qadar qishloq joylarda turar-joy qurilishini rivojlantirishga 2,2 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. ITB ijro etuvchi direktorlari kengashi O‘zbekiston hukumatining qishloq joylarda turar-joy qurilishi bilan bog‘liq mazkur loyihasi uchun 100 million dollarlik kredit ajratdi.
2015-yil yakunigacha mintaqalarda jami olti million kvadrat metrga yaqin 41,4 ming turar-joy qurilishi mo‘ljallanmoqda.
O‘zbekiston rejalariga ko‘ra, 2014-yilda 388 qishloq mavzesida yashash maydoni 1,5 million kvadrat metrga teng 11 ming turar-joy quriladi.
Izoh (0)