Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahridagi shaxmat bo‘yicha nufuzli FIDE Gran-prisining so‘nggi bosqichini O‘zbekistonning yagona ayol grossmeysteri Nafisa Mo‘minova mag‘lubiyat bilan boshladi, deb xabar berdi “Olamsport”.
O‘zbekistonlik grossmeyster ilk turda oq donalarda o‘ynashiga qaramay, sobiq jahon chempioni xitoylik Xou Ifanga imkoniyatni boy berdi. Bugun o‘tkaziladigan ikkinchi tur uchrashuvida Nafisa qora donalarda Xarika Dronavalli bilan hisob-kitob qiladi. Hindistonlik shaxmatchi kecha ilk turda qora donada o‘ynashiga qaramay, ruminiyalik dugonasi Alina L’amini taslim etdi.
Birinchi tur natijalari:
Ju Chen (Xitoy, 2461) — Jao Ksyu (Xitoy, 2508): 0:1
Ju Venjun (Xitoy, 2559) — Anna Ushenina (Ukraina, 2487): 0,5:0,5
Elina Daniyelyan (Armaniston, 2490) — Tatyana Kosinseva (Rossiya, 2494): 0,5:0,5
Tuvshintugs Batchimeg (Mo‘g‘uliston, 2346) — Xampi Koneru (Hindiston, 2598): 1:0
Alina L’ami (Ruminiya, 2446) — Xarika Dronavalli (Hindiston, 2521): 0:1
Nafisa Mo‘minova (O‘zbekiston, 2315) — Xou Ifan (Xitoy, 2661): 0:1
Eslatib o‘tamiz, kecha Sharjada FIDE Gran-prisining so‘nggi bosqichi boshlanib, matbuot anjumani hamda qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgan edi.
Izoh (0)