Ispaniya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Elche” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlangan zahoti “Kamp Nou” stadioni maysasiga qora mushuk yugurib chiqdi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
Mushuk dastlab “Barselona” darvozasi oldida turdi, keyin “Elche” jarima maydonchasi tomon bordi. Futbolchilar uni maydondan haydaganida, maydonni tark etib, yana qaytib kirdi. Oxiri stadion xodimi uni ushlab oldi, maydondan tashqariga olib chiqib ketdi.
Qora mushuk tufayli o‘yin taxminan ikki daqiqa davomida to‘xtab turdi.
O‘yinda “Barselona” 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Izoh (0)