O‘zbekistonlik iste’dodli tennischi Shonig‘matjon Shofayziyev Belarus poytaxti Minsk shahrida start olgan ITF toifasiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 10 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirni g‘alaba bilan boshladi, deb ma’lum qildi “Olamsport”.
Shonig‘matjon ilk davrada qirg‘izistonlik Daniyar Duldayevga qarshi kortga chiqib, 6:7 (4), 6:2, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Uning ikkinchi davradagi raqibi mezbonlar vakili Ilya Ivashka bo‘ladi. Belaruslik tennischi ilk bosqichda turnirning 8-raketkasi — xorvatiyalik Filip Vegerni uch set (3:6, 6:4, 6:2) natijasiga ko‘ra taslim etdi.
Izoh (0)